O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Murojaatnoma Buxoroda o‘rganilmoqda
2018-01-16 | Jamiyat
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalariga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan ma’naviy ma’rifiy tadbirlar Buxoro viloyatida ham o‘tkazilmoqda.
Jamiyatda mavjud muammolarni bartaraf etish, ayniqsa jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish prokuratura organlarining ham asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida ham ana shu masalalarga alohida e’tibor qaratilib hududlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni kuchaytirish lozimligini ta’kidladilar.
Mana shunday tadbirdan biri O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan suv, tabiiy gaz, elektr energiyasi ta’minoti korxonalarining mutaxassislari bilan hamkorlikda Buxoro shahridagi “Daewoo Textile Bukhara” qo‘shma korxonasida o‘tkazilgan huquqbuzarliklar profilaktikasi kunida korxona ishchi xodimlariga suv va energiya resurslari iste’molchilarining mas’uliyati va huquqiy madaniyatini oshirish, to‘lov intizomini mustahkamlash hamda sohaga oid bo‘lgan yangi qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Xususan, tadbirda korxona oldida turgan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida berilgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanib sertifikatlangan va energiya jihatidan samarali uskunalar va priborlardan foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash bu bo‘yicha huquqbuzarliklarni oldini olishga e’tibor qaratildi.
Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan Buxoro viloyat “Suvoqava” Davlat unitar korxonasida, "Muxtor Ashrafiy" nomidagi Buxoro sanoat kollejida, "Buxoro Turizm kollejida", "Buxoro pedagogika kollejida", "Buxoro yuridik va maishiy xizmat kasb-hunar kollejida", “Olim Xo‘jayev” va “Ko‘chko‘mar” mahalla fuqarolar yig‘inlarida
Murojaatnoma mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlab o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol tadbirkorlar, turli soha vakillari, katta hayot tajribasiga ega bo‘lgan ota-onalar ham o‘z munosabatlarini bildirmoqdalar.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.