O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Yosh vatandoshlar festivali” qachon bo‘ladi? Unda kimlar ishtirok etadi?

2018-01-15 | Jamiyat

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ilk marotaba xorijda istiqomat qilayotgan, uzoq muddatga o‘qishga, ishga ketgan, turli xil yo‘nalishlarda muvaffaqiyatga erishgan 16-30 yosh o‘zbekistonlik yigit-qizlarni birlashtiruvchi festival tashkil etiladi.

Festival joriy yilning 10-17-aprel kunlari Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlarida o‘tkaziladi. 

Ushbu loyiha xorijlik yurtdoshlarimizni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va o‘zgarishlardan keng xabardor qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ongi va qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 

Festival doirasida yoshlar forumi, tadbirkorlik, fan, ta’lim, axborot texnologiyalari, san’at yo‘nalishlari bo‘yicha uchrashuvlar, mahorat darslari, xalq sayillari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, milliy liboslar ko‘rgazmasi, Uz.National Instruments: O‘zbekistonning milliy cholg‘u asboblari namoyishi va konsert kechasi, milliy hunarmandchilik auksioni, “Raqslar jilosi” va milliy taomlar festivallari tashkil etiladi. 

Shuningdek, O‘zbekistonning turistik salohiyatini namoyish etuvchi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Turli sport tadbirlari, jumladan, kurash, uloq (ko‘pkari) musobaqasi o‘tkaziladi. Mazkur milliy sport turiga qiziquvchi yoshlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maxsus sovrini uchun bellashadilar. 

Ushbu festivalda xorijiy davlat elchixonalari va xalqaro nufuzli tashkilotlarning yurtimizdagi vakolatxonalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Barno Meliqulova, O‘zA

Поделиться