O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

2018-01-15 | Jamiyat

“14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 2018-yilning 13-yanvar kuni vazirlik binosida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djurayev vazirlik shaxsiy tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondonining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi” farmoniga asosan davlat mukofotlarini topshirish marosimi o‘tkazildi.

Vazir R.Djurayev Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga tantanali ravishda orden va medallarni topshirdi.

Shuningdek, mamlakatimiz aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda beminnat hissalarini qo‘shib kelayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni va navbatdagi harbiy unvonlar bilan taqdirlandilar.

Поделиться