O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bundan 8 yil oldin yopib qo‘yilgan O‘zbekiston-Tojikiston chegara-bojxona posti ochildi

2018-02-12 | Jamiyat

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi “Andarxon” xalqaro maqomga ega bo‘lgan chegara-bojxona posti ochildi. Bu esa o‘zbek va tojik xalqlari do‘stligi jipsligi hamda hamjihatligi yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. 

Bundan sakkiz yil oldin yopilgan O‘zbekiston —Tojikiston chegarasida joylashgan “Andarxon” chegara-bojxona postining ochilishi aholi uchun katta qulayliklarni yaratmoqda. Bu yerda chegara oldi hudud aholisi soddalashtirilgan tartibda chegaradan o‘tish tizimi joriy qilindi. Chegara posti xushxabarni eshitgan ikki qardosh davlat fuqarolari bilan gavjum bo‘ldi. Do‘stlik rishtalari hamda hamkorlikning yanada mustahkamlanishi, o‘zaro borish-kelishdagi to‘siqlar, ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berilayotgani, ayniqsa, asrlar davomida yelkadosh yashayotgan, tili, dili, dini bir ikki xalq aholisini behad quvontirdi. Endilikda bu yerda telegramma va taklif xatisiz bemalol harakatlanish mumkin. 

— Haqiqatdan ham ikki qo‘shni xalq o‘rtasidagi to‘siqlar sababli qarindosh-urug‘larimiz bilan bordi-keldi uzilib qolgan edi, – deydi Beshariq tumanidagi “Qiyali” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ulug‘bek Qo‘chqorov. – Hatto to‘y yoki ma’rakalarda ham qatnasha olmasdik. Axir biz asrlar davomida qo‘shni bo‘lib yashaganmiz, bordi-keldilarimiz mustahkam bo‘lgan. Mana bu postning ochilishi ham aholi uchun katta imkoniyat bo‘ldi. Bu kunni barchamiz intiqlik bilan kutganmiz. Barchamiz yaqinlarimiz bilan diydorlashdik. 

Bu yerda bir kunda 650 nafar fuqarolarning harakatlanganini o‘zi ham barcha uchun katta qulaylik bo‘lganidan dalolatdir. 

 

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA

Поделиться