O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Metallfurush qo‘lga olindi

2018-02-08 | Jamiyat

Mamlakatimizning amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, rangli metall parchalari va chiqindilarining eksporti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki hukumatining qarori asosida amalga oshiriladi.

Biroq, tarkibida rangli metallar bo‘lgan mexanizm va agregatlarni, rangli metall parchalarini yashirincha tayyorlash va uni talon-taroj qilish, mamlakat tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketish holatlari hamon uchramoqda.
 
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar  bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadbirda viloyatning qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh Uchquduq tumani hududida “Uchquduq-Uzunquduq” yo‘nalishida harkatlanayotgan ikkita “Kamaz” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, birinchi avtomashina yukxonasida og‘irligi 6 ming 270, ikkinchisida 8 ming 580 kilogramm qora rangli metallsimon quvurlar borligi aniqlandi.
 
Olib borilgan surishtiruv davomida ushbu metallar fuqaro J.Sh.ga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
 
Ta’kidlash joizki, 2017-yilda Navoiy viloyati bojxona xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 12 qonunbuzarlik holatida qiymati 47 million so‘mlik 22 tonnaga yaqin qora va rangli metall parchalari va chiqindilari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.
 

Nuriddin Rahimov, O‘zA

Поделиться