O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar bo‘limining sobiq katta inspektori sud zalidan ozod etildi

2018-02-08 | Jamiyat

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jayli tumani sudida fuqaro M.Munajovga nisbatan qo‘yilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi boshqa jazo turiga almashtirilib, u sud zalidan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan imzolangan memorandumga muvofiq, kafolat xati asosida ozodlikka chiqqan Munajov Maman Nizomatdinovich 1989 -yilda tug‘ilgan. Nukus shahridagi “Juo‘azshi” mahalla fuqarolar yig‘ini Juzim bag‘ ko‘chasida yashaydi.
 
U Nukus shahar ichki ishlar bo‘limining katta inspektori lavozimida ishlagan davrida ta’magirlikda gumonlanib, qo‘lga olingan.
 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-bandi bilan sudlangan M.Munajov sud zalidan ozod etildi.
 
– Yuqorida zikr etilgan memorandum 2017- yil 5-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan imzolangan, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi huquqshunos-maslahatchisi K.Paluaniyazov. – Memorandumning asosiy maqsadi yoshlarning komil inson bo‘lib voyaga yetishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishini ta’minlashga sharoit yaratishdan iborat. Shuningdek, memorandumda bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan yoshlarni kafolatga olish orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash yoki sud zalidan ozod qilish bosh maqsadlardan biri hisoblanadi.
 
Memorandum talablarining biri bo‘lgan kafolat xati berish – faqat jinoiy ishi sudda ko‘rilayotgan yoshlarga berilishi nazarda tutilgan. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan, jazoni o‘tash muassasalarida jazo o‘tayotgan yoshlarga kafolat xati berish memorandum talablariga kiritilmagan.
 

Anvar Nasirlayev, O‘zA

Поделиться