O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jizzax viloyat hokimining virtual qabulxonasi ochildi
2018-02-09 | Texnologiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyat hokimining virtual qabulxonasi (http://hokim.jizzax.uz) o‘z faoliyatini boshladi.
Jizzax viloyat hokimining virtual qabulxonasi hudud doirasida aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to’laqonli himoya qilishga qaratilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini ta’minlash, shuningdek, aholi tomonidan bildirilayotgan murojaatlarni viloyatning o’zida hal qilish maqsadida viloyat hokimining 2017 yil 12 sentyabrdagi Farmoyishi asosida tashkil etildi.