O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Internet tarmog’ida farg’onalik yosh qizchaning o’limi to’g’risida tarqalgan xabar yuzasidan raddiya
2018-02-12 | Jamiyat
Joriy yilning 9-fevral kuni Internet tarmog’ida farg’onalik besh yoshli qizchaning o’limi to’g’risida “Осторожно! Узбекистане появилась новая банда, ворующая детей на органы” mazmundagi tarqalgan xabar asossiz bo’lib, O’zbekiston Respublikasi hududida yosh bolalarni o’g’rilayotgan jinoiy guruhlar yo’qligi, farg’onalik qizchaning esa barcha ichki a’zolari mavjud bo’lib, olib qo’yish yoki transplantatsiya holatlari aniqlanmaganligini ma’lum qilamiz.
Hozirda, qizchaning o’limi bilan bog’liq holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. Eslatib o’tamiz! Respublika hududida sodir etilayotgan jinoyatlar va hodisalar haqidagi haqqoniy va to’liq ma’lumotlar bilan faqat Ichki ishlar vazirligining “iiv.uz” veb-saytida va “Telegram” messendjeridagi “@iivuz” kanalida tanishishingiz mumkin.