O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi
2018-02-12 | Jamiyat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari порталига joylashtirilgan qonun loyihasida:
– innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qo‘llab-quvvatlash shakllari;
– innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
– xalqaro hamkorlik, innovatsiyalarni amaliyotga joriy etishga oid qoidalar nazarda tutilmoqda.
Loyiha muhokamasida faol ishtirok etish orqali qonun hujjati puxta ishlab chiqilishiga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.
Eslatib o‘tamiz, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokamaga qo‘yilgan loyihalar bo‘yicha berilgan takliflar ko‘rib chiqilishi shart.
Muhokamada quyidagi havola orqali ishtirok etish mumkin: https://regulation.gov.uz/uz/documents/