O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarga munosabat

2018-02-12 | Jamiyat

Turli ijtimoiy tarmoqlarda joylardagi Yo’l-harakati xavfsizligi xizmatining, jumladan Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani IIB Yo’l-harakati xavfsizligi bo’limi va Toshkent shahar IIBB Yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi avtomototransport vositalarini ro’yxatdan o’tkazish va imtihon olish “Chilonzor” bo’linmasi faoliyatidan norozi bo’lib yozilgan xabarlardagi holatlar o’rganib chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan nazoratga olindi. Hozirgi kunda kamchiliklarga yo’l qo’ygan xodimlarning xatti-harakatlariga baho berish va murojaat qilgan fuqarolarga xizmat ko’rsatishda qulaylik yaratish masalasi ko’rib chiqilmoqda.

Shuningdek, xorijiy sayyohlar O’zbekiston Respublikasiga kelganlarida mehmonxonada yashashlari shart etib belgilanganligi haqida tarqalgan yozishmalarga O’zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tomonidan olingan quyidagi ma’lumotni taqdim etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillarda turizm sohasida amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga asosan, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo’lishlari va tranzit o’tishlari tartibi to’g’risida”gi qaroriga Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi qarori bilan kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarga ko’ra, “O’zbekiston Respublikasida vaqtincha bo’luvchi xorijiy fuqarolar o’zlarini qabul qiluvchi tashkilotlar (vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllari va faoliyat turidan qat’iy nazar, korxonalar va tashkilotlar, xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo’lmagan) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini, shuningdek, xususiy ishlar bo’yicha ularni O’zbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxslarni xabardor qilgan holda, xohishlariga ko’ra mehmonxona xizmatlari – vaqtinchalik yashash bo’yicha xizmatlar ko’rsatiladigan joylashtirish vositalarida (mehmonxonalar, turizm bazalari va komplekslari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmonxona uylari, o’tov va palatkali lagerlar, sanatoriylar va boshqa obyektlarda, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti avtotransportida), boshqa turar joylarda, shuningdek, davolash muassasalarida yashaydilar” deb ko’rsatib o’tilgan. O’zbekiston Respublikasida vaqtincha bo’luvchi xorijiy fuqarolar O’zbekiston Respublikasi hududida milliy pasportlar bo’yicha vaqtincha ro’yxatdan o’tish asosida yashaydilar. Milliy pasportlar belgilangan joyga kelgandan so’ng uch sutka mobaynida vaqtincha ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etiladi, bayram va dam olish kunlari bundan mustasno. Xorijiy fuqaro respublikaga kelgandan so’ng xususiy xonadonda yashash istagini bildirsa hududiyligi bo’yicha ichki ishlar organiga vaqtincha ro’yxatdan o’tish uchun murojaat etishi mumkin. Albatta, ushbu tartib respublikamizga tashrif buyurgan xorijiy fuqarolarni vaqtincha yashash joylarida xavfsizliklarini ta’minlash, ularni ko’ngilli hordiq chiqarishlari va sog’-salomat o’z yurtlariga yaxshi taassurotlar bilan qaytishlari uchun joriy etilgan.

Поделиться