O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindiston dorishunoslari delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi
2018-02-14 | Jamiyat
Joriy yil 20 – 23 fevral kunlari Hindiston kimyo sanoati va o‘g‘itlari davlat vaziri M.Mandaviya boshchiligidagi hind farmatsevtlari delegatsiyasi mamlakatimizda bo‘ladi.
Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad farmatsevtika sohasidagi O‘zbekiston – Hindiston hamkorligi ko‘lamlarini yanada kengaytirishga ko‘maklashishdir.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida muzokaralar olib borish, Toshkentda qo‘shma biznes-forum o‘tkazish hamda respublikamiz mintaqalariga, jumladan, Andijon viloyatiga borish ko‘zda tutilgan.
Shuni qayd etish joizki, mamlakatimizda tuzilgan erkin farmatsevtika iqtisodiy zonalari va ularda taqdim etilgan imtiyoz hamda yengilliklar Hindiston dori-darmon sanoati vakillarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shu bois Hindiston tomoni farmatsevtika sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun ulkan salohiyat mavjud ekanligini qayd etmoqda.