O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahrida patrul-post xizmati naryadlarining kundalik dislokatsiyasini belgilash tartibi o’zgardi
2018-02-15 | Jamiyat
Toshkent shahridagi shahar ichki ishlar bo’limlari ichki ishlar bo’limlari sifatida qayta tashkil etiladi. Bu O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14 fevraldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to’g’risida”gi qarori bilan belgilandi.
Ular zimmasiga sektorlar hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshirish uchun javobgarlik yuklatilatiladi.
Ichki ishlar bo’limlari rahbarlari o’ziga biriktirilgan hudud doirasida ichki ishlar bo’limi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bo’yicha mustaqil qarorlar qabul qilish huquqiga ega bo’ladi.
Ular, shuningdek, biriktirilgan patrul-post xizmati naryadlarining kundalik dislokatsiyasini belgilaydi, o’z hududidagi tezkor va kriminogen vaziyatni hisobga olgan holda hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ichki ishlar bo’limi kuch va vositalarini joylashtirishni amalga oshiradi.