O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O’zbekiston fuqarosi medalga tavsiya etildi

2018-02-15 | Jamiyat

O’zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko’ra Moskva viloyati Sofrino qishlog’ida 2018-yil 31-yanvar kuni yuz bergan yong’in chog’ida 1976-yil 7-noyabrda Samarqand viloyatida tug’ilgan O’zbekiston fuqarosi Nuriddin Qirg’izov olov ichida qolgan uyni ko’rib Rossiya fuqarosi bo’lgan keksa ayolga yordam berish uchun o’t ichiga kirdi va natijada o’zi jarohatlandi.

Hozirgi vaqtda N.Qirg’izovga Moskva viloyati Pushkino shahrida joylashgan professor V.N.Rozanov nomidagi tuman shifoxonasida (Markaziy tuman shifoxonasi) tibbiy yordam ko’rsatilmoqda. U reanimatsiya bo’linmasidan travmatologiya bo’linmasiga o’tkazilgan bo’lib, shifoxonada Elchixonaning konsullik boshqarmasi xodimi u bilan uchrashdi.

Pushkino shahri ma’muriyati xabariga ko’ra, O’zbekiston fuqarosi N.Qirg’izov qaxramonona harakati va Rossiya fuqarosini yong’indan qutqargani uchun medalga tavsiya etildi.

Поделиться