O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi va ish boshladi
2018-02-14 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan O‘zAga ma’lum qilishlaricha, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar bugun tayinlangan. Yangi rahbar – general-mayor Jo‘rayev Rustam Mirzayevich bo‘lib, u jamoa bilan tanishtirilgan. R.Jo‘rayev ayni paytda o‘z ish faoliyatini boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, R.Jo‘rayev bungacha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri sifatida faoliyat yuritgan.
R.Jo‘rayev 1968-yil 26- iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olgan.