O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Inson huquq va erkinliklari kafolatlarini ta’minlashga doir qonun loyihalari ko’rib chiqildi

2018-02-15 | Jamiyat

2018-yil 14-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Deputatlar Davlatimiz rahbari tashabbusiga binoan parlament quyi palatasiga kiritilgan qonun loyihasini ko’rib chiqdilar, shuningdek Inson huquqlari bo’yicha vakilning 2017-yildagi faoliyati yakunlari to’g’risidagi axborotni eshitdilar.

Majlisda ta’kidlandiki, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi.

Mazkur yo’nalish, ta’kidlab o’tilganidek, har bir fuqaroning hayotida juda muhim ahamiyatga ega, chunki u inson huquq va erkinliklariga bevosita aloqadordir.

O’tgan yildagi bu sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish jarayonini tahlil etish shundan dalolat beradiki, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga so’zda emas, balki amalda e’tibor berilmoqda, shu jumladan bu sohaga sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tubdan isloh qilish yo’li bilan ham e’tibor qaratilmoqda. Bunda shaxsan mamlakatimiz rahbarining o’zi islohotlarning bosh tashabbuskori bo’lmoqda.

Ko’plar ushbu sohadagi ilg’or g’oyalarning amalda ro’yobga chiqarilayotganligini o’z hayotida his etib ulgurdi. Masalan, faqat 2017-yilning o’zida sudlar tomonidan 228 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi, holbuki o’tgan besh yil mobaynida bor-yo’g’i 7 nafar shaxs oqlangan edi. Dastlabki tergov organlari tomonidan 3,8 mingta jinoyat ishi tugatildi.

Deputatlarning ta’kidlashicha, Davlatimiz rahbari tashabbusiga binoan kiritilgan “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonun loyihasi inson huquq va erkinliklarini ta’minlash yo’lidagi tub islohotlarning mantiqiy davomidir.

Qonun loyihasi ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud-tergov faoliyati jarayonida fuqarolar huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo’lib, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda “Prokuratura to’g’risida”gi Qonunga o’zgartish va qo’shimchalar kiritishni nazarda tutadi.

Bu hujjat O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrda qabul qilingan “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni ro’yobga chiqarishning mantiqiy davomidir.

Deputatlar qonun loyihasini ikkinchi o’qishda ko’rib chiqdilar va qabul qildilar. Qonun parlament yuqori palatasiga ma’qullash uchun yuboriladigan bo’ldi.

Shundan so’ng deputatlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) U.Muhammadiyevning “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo’yicha vakilining (Ombudsmanning) 2017-yildagi faoliyati to’g’risida”gi axborotini eshitdilar.

2017-yilda Ombudsman idorasiga 9074 ta murojaat kelib tushdi, shundan 1774 ta murojaat shaxsiy qabullar va shaxsiy safarlar chog’ida tushgan. Ularni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha vakolatli organlar tomonidan 25 ta jinoyat ishi, 27 ta ma’muriy va 44 ta intizomiy ish qo’zg’atildi, ichki ishlar organlarining 24 nafar xodimi, ijtimoiy va boshqa sohalarning 35 nafar xodimi javobgarlikka tortildi, jinoyat ishi qo’zg’atishni rad etish to’g’risidagi 24 ta qaror bekor qilindi, sudlarga 10 ta protest va da’vo kiritildi, 34 nafar fuqaro ishga joylashtirildi va ishiga qayta tiklandi, 53 ta oilaga – turlicha moddiy yordam, 39 nafar fuqaroga – tibbiy yordam ko’rsatildi, davlat daromadiga – 2 mlrd. 319 mln. so’m, murojaat qiluvchilar foydasiga – 263 mln. so’m undirildi, biznesni rivojlantirish uchun umumiy summasi 133 mln. so’m miqdorida kreditlar berildi va hokazo.

Hisobot yilida qamoqda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan noqonuniy harakatlar sodir etish holatlariga doir shikoyatlarni Ombudsman tomonidan ko’rib chiqish natijalari to’g’risida parlament palatalarini muntazam ravishda xabardor qilish tartiboti joriy etildi, shuningdek Qiynoqlarga solishga va muomalada bo’lish hamda jazolashning boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga yo’l qo’ymaslik bo’yicha nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etish va o’tkazishning hamkorlikdagi jadvali tasdiqlandi.

Hisobotda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari xalq bilan bevosita muloqotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotganligi ta’kidlandi. Mazkur qabulxonalar inson huquq va erkinliklarini, mamlakatimiz fuqarolarining qonuniy manfaatlarini ta’minlashdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash, aholining aniq ehtiyojlariga, davlat va jamiyatni rivojlantirishning bugungi kundagi maqsadlariga javob bera oluvchi tashkiliy-huquqiy qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish imkonini berdi. Ombudsman Xalq qabulxonalarining 144 ta tuman (shahar) aholisi uchun tashkil etilgan sayyor tadbirlarida ishtirok etdi, shuningdek ular bilan hamkorlikda fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqish natijalarini muhokama qilishga hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlarni takomillashtirish yuzasidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va NNTlar xodimlari uchun bir turkum mintaqaviy seminarlar o’tkazdi.

Shuningdek Davlatimiz rahbarining “Mintaqalarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlashga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga asosan kam ta’minlangan oilalarni, keksa yoshdagi fuqarolarni va nogironligi bo’lgan shaxslarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasida mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda faol ish olib borilmoqda. 2017-yilda 411 ta oila va fuqarolar bilan ish olib borildi.

Umuman olganda, Ombudsmanning o’tgan yildagi faoliyati yakunlarini muhokama qilish ancha tanqidiy ruhda o’tdi. Deputatlar Ombudsmanning inson huquqlarini, xususan aholining ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan guruhlari, shuningdek mahbuslar huquqlarini himoya qilish bo’yicha faoliyati mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb ekanligini ta’kidladilar.

Majlisda deputatlar Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalarni ham muhokama qildilar.2018-yil 14-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Deputatlar Davlatimiz rahbari tashabbusiga binoan parlament quyi palatasiga kiritilgan qonun loyihasini ko’rib chiqdilar, shuningdek Inson huquqlari bo’yicha vakilning 2017-yildagi faoliyati yakunlari to’g’risidagi axborotni eshitdilar.

Majlisda deputatlar Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalarni ham muhokama qildilar.

Поделиться