O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Afg’onistonga tashrif buyurdi

2018-02-16 | Jamiyat

O’zbekiston Mudofaa vaziri o’rinbosari–Qurolli kuchlar Bosh shtabi rahbari general-mayor P. Ergashev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasining Afg’oniston Islom Respublikasiga qilgan tashrifi yakunlandi.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko’ra, Qobulda O’zbekiston delegatsiyasi Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari armiyalari bosh shtablari rahbarlarining har yili o’tkaziladigan konferensiyasida ishtirok etdi. Mazkur anjumanda, shuningdek, AQSH/NATO “Qat’iy madad” missiyasi qo’mondonligi vakillari, Qozog’iston, Qirg’iziston, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston qurolli kuchlarining yuqori lavozimli rahbariyati qatnashdi.

Uchrashuvda xalqaro terrorizm va narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashishi masalalari muhokama etildi.

Safar doirasida yurtimiz delegatsiyasi Afg’oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G’ani tomonidan qabul qilindi. Afg’oniston rahbari yuqori martabali harbiy delegatsiyaning tashrifi ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikda yangi sahifa ochishini ta’kidladi.

U ushbu voqea munosabati bilan “Twitter”dagi shaxsiy sahifasiga, jumladan, “O’zbekiston va Qozog’iston Qurolli kuchlari bosh shtablari rahbarlarini qabul qildim. Ularning kelishi Afg’oniston, O’zbekiston va Qozog’iston armiyalari o’rtasidagi aloqalarda yangi ibtidoni belgilab beradi. Terrorizm qarshi kurashish va uch davlat o’rtasida iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish masalalari ham muhokama etildi”, - deb yozib qo’ydi.

Поделиться