O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Deputatlar bojxonachilar bilan uchrashuv o‘tkazishdi

02.03.2020Xavfsizlik sohasi

Shu kunlarda parlament quyi palatasi deputatlari nazorat-tahlil faoliyatini olib borishga kirishish bilan birga, joylardagi muammolarni o‘rganish, real vaziyat bilan tanishish maqsadida hududlarda bo‘lib turibdi. Har bir fraktsiya, har bir qo‘mita o‘z yo‘nalishidan kelib chiqib, joylarda o‘rganishlar olib bormoqda, sohalardagi muammolar bilan qiziqmoqda.

Kambag‘allik olib borilayotgan islohotlarning eng og‘ir yo‘nalishi

02.03.2020Jamiyat

Kambag‘allik mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning eng og‘ir yo‘nalishi, eng og‘ir masalasi. Chunki bu masala birinchi navbatda odamlarning dunyoqarashi bilan ishlashni taqozo etadi. Bizning xalqimiz oriyatli, kambag‘allikni boshdan kechirsa ham birovga gapirmaydigan xalq.

Koreya Respublikasidagi elchisi va Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Koreya agentligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

02.03.2020Jamiyat

Joriy yilning 24-fevral kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi va Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Koreya agentligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida Kasbga o‘qitish markazlari loyihalarining hayotga tatbiq qilinishi masalasi muhokama qilindi.

Saudiya Arabistoniga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

28.02.2020Jamiyat

Saudiya Arabistoni Podshohligining Toshkent shahridagi Elchixonasi O‘zbekiston tomonini chet el, jumladan O‘zbekiston fuqarolarining Umra amallarini bajarish va Madina shahridagi Payg‘ambarimizning Muqaddas Masjidini ziyorat qilish maqsadida Podshohlikka kirishi hamda ularga viza berilishi vaqtinchalik to‘xtatilganiligi to‘g‘risida rasman xabardor qildi.

O‘zbekiston va Yaponiya adliya vazirliklari fuqarolik va tadbirkorlik huquqi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istagida

28.02.2020Siyosat

Joriy yilning 27-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yoshinori Fudjiyama bilan uchrashdi.

Oʻzbekistonda Volontyorlik assotsiatsiyasi tashkil etilishi kutilmoqda

28.02.2020Jamiyat

Volontyor – kim? Volontyorlik faoliyati bilan kimlar shugʻullanishi mumkin? Volontyorlik faoliyati boʻyicha xalqaro va milliy tajriba qanday?

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

27.02.2020Jamiyat

Мамлакатимизнинг Владивосток шаҳридаги (Россия) Бош консулхонаси берган маълумотга кўра 2020 йил 19 февраль куни Комсомольск-на-Амуре шаҳрида Ўзбекистон фуқароси Н.Х. қурилаётган обектнинг томидан тушиб кетиши оқибатида вафот этган.

“Angry Birds” ixtirochisi Piter Vesterbak Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdi

27.02.2020Ta’lim

Prezident Shavkat Mirziyoev parlamentga yo'naltirilgan Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, bugungi davrda O’zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirish maqsadida faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erishish mumkin. Va buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo’lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalash zarur.

Adliya vazirligi: byurokratiyaning oldini olish, qog‘ozbozlikni yanada qisqartirish bo‘yicha monitoring va tahlillar olib boriladi

27.02.2020Jamiyat

Adliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda Prezidentimizning 2019-yil 9-dekabrdagi “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda qarorda belgilangan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Unda vazirliklar, idoralar, qo‘mitalar va boshqa davlat tashkilotlarining ish yuritish, hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomini nazorat qilish hamda normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishga mas’ul bo‘lgan yuzdan ortiq xodimlar ishtirok etdi.

Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar ijtimoiy himoya qilinmoqda

27.02.2020Jamiyat

Soʻnggi yillarda mamlakatda ijtimoiy yetimlikning oldini olish, aholi va yoshlar orasida sogʻlom oila qurishga masʼuliyat bilan yondashishni targʻib qilish, oilaviy qadriyatlarga maʼnaviy-axloqiy munosabatni shakllantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

«Elektron parlament»: deputatlar o‘z saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishlariga imkon beradi

26.02.2020Texnologiyalar

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga Murojaatnomasida aytib o‘tilganidek, O‘zbekistonda AKT-sohasini istiqbolli rivojlantirishi respublikamiz uchun eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlari va istiqboldagi vazifalar

26.02.2020Jamiyat

Joriy yilning 25-fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “O`zbekiston Respublikasining 2017–2019-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlari va istiqboldagi vazifalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlikning Twitter, Instagramda sahifalari va Youtube-kanallari ochildi

26.02.2020Jamiyat

Bugungi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

“Probest” moliyaviy korporatsiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

25.02.2020Jamiyat

Bugun, joriy yilning 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi Agentligining Koreya Respublikasi Kvangju shahridagi Vakolatxonasi va “Probest” moliyaviy korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Nazoratda ishtirok eting

25.02.2020Texnologiyalar

Endilikda, fuqarolar davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanganda qonunbuzilish holatlari toʻgʻrisida elektron tizim orqali xabar berishi mumkin.