O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
«Elektron parlament»: deputatlar o‘z saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishlariga imkon beradi
2020-02-26 | Texnologiyalar
Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga Murojaatnomasida aytib o‘tilganidek, O‘zbekistonda AKT-sohasini istiqbolli rivojlantirishi respublikamiz uchun eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Shuni aytish joizki, respublikamiz boshlig‘i tomonidan ko‘tarilgan muhim vazifalar 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyagiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish Yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida o‘z aksini topgan.
Jumladan, Oliy Majlis faoliyatini takomillashtirish maqsadida “Elektron parlament” loyihasini joriy qilishi rejada ko‘rsatilgan. Mazkur loyihani amalga oshirishda qanday maqsadlarni yetishda nazarda tutilmoqda?
Birinchidan, qonunchilik palatasining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida parlament va deputat so‘rovlarini jamoaviy murojaatlar asosida Internet tarmog‘ida shakllantirish imkoniyatini yaratish. Ikkinchidan, deputatlar o‘z saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishlari uchun bog‘lash imkoniyatini beradigan elektron portal va mobil ilovalarni ishga tushirish deb belgilangan.
Muhim vazifalar qatorida elektron hujjat aylanish tizimini takomillashtirish hamda qonun ijodkorligi faoliyati jarayonlarini avtomatlashtirish loyihasini yakuniga yetkazishi o‘z o‘rnini topgan. Bu esa, o‘z navbatida, qonun loyihalarini ko‘rib chiqish, muhokama qilish va tasdiqlash jarayonlarini soddalashtirishga va tezlashtirishga katta ko‘mak beradi.
Hozirgi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Axborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan mazkur tizimlarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasi va Oliy Majlis palatalari majlislaridagi ma’ruzalari bergan topshiriqlariga binoan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining o’z saylovchilari bilan doimiy ravishda aloqada bo’lishi imkoniyatini beruvchi electron portal va uning mobil ilovasini yaratish bo’yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur hujjatda Oliy Majlis Senatining faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada parlamentning yuqori palatasi rasmiy veb-saytini takomillashtirish, unda fuqarolar tomonidan senatorga elektron murojaat yuborish va fuqarolar bilan qayta aloqa imkoniyatlarini yaratish nazarda tutiladi.
“Elektron parlament” loyihani amalga oshirilishi, birinchi navbatda, muhim vazifani amalga oshirishga yo‘naltirilgan, ya’ni Oliy Majlis faoliyatini samarali mexanizm yaratish, qonunchilikni takomillashtirishda parlament va fuqarolar orasida samarali dialog yaratish.