O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Yaponiya adliya vazirliklari fuqarolik va tadbirkorlik huquqi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istagida

2020-02-28 | Siyosat

Joriy yilning 27-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yoshinori Fudjiyama bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan maqsad vazirlik faoliyati bilan tanishish va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Ruslanbek Davletov mehmonlarni vazirlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari va vazifalari, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda Yaponiya bilan har tomonlama va uzoq istiqbolli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Elchi Yoshinori Fudjiyama O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik suratiga yuksak baho berdi. U davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning zamonaviy bosqichida vazirlik tomonidan bajarilayotgan yangi vazifalar ijrosiga har tomonlama ko‘mak berishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Yaponiya Adliya vazirligi o‘rtasida imzolangan O‘zaro anglashuv memorandumi doirasida ikki mamlakat adliya organlari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Mazkur hujjat ikki vazirlik o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichini boshlab berdi.

O‘zaro manfaatli tadbirlarni tashkil etish orqali memorandumni amaliyotga tadbiq etishdan manfaatdor ekanligini bildirishdi. Yaponiyaning fuqarolik va tadbirkorlik huquqi sohasidagi qonunchiligi, ma’muriy tartib-taomillari, bankrotlik sohasidagi qonunchilikni o‘rganish, vazirlik xodimlari uchun Yaponiyada qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, bu sohadagi yaponiyalik ekspertlarni jalb qilish masalalari shular jumlasidan.

Konstruktiv va xayrixohlik ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida ikki mamlakat o‘rtasida adliya sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, O‘zbekiston va Yaponiya adliya vazirliklari tomonidan imzolangan memorandumning samarali ijrosiga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Поделиться