O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Koreya Respublikasidagi elchisi va Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Koreya agentligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2020-03-02 | Jamiyat
Joriy yilning 24-fevral kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi va Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Koreya agentligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida Kasbga o‘qitish markazlari loyihalarining hayotga tatbiq qilinishi masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda Koreya va O‘zbekistonning ko‘p yillik hamkorligi masalalari ko‘rib chiqildi hamda bugungi kunda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Koreya agentligi (KOICA) loyihalari O‘zbekistonda kasbga o‘qitishning rivojlanishiga katta hissa qo‘shayotgani va buning bilan o‘zbekistonlik ishchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashayotgani ta’kidlandi.