O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kambag‘allik olib borilayotgan islohotlarning eng og‘ir yo‘nalishi

2020-03-02 | Jamiyat

Kambag‘allik mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning eng og‘ir yo‘nalishi, eng og‘ir masalasi. Chunki bu masala birinchi navbatda odamlarning dunyoqarashi bilan ishlashni taqozo etadi. Bizning xalqimiz oriyatli, kambag‘allikni boshdan kechirsa ham birovga gapirmaydigan xalq.

Ommaviy axborot vositalari orqali O‘zbekiston tarixida ilk bor kambag‘allik borligi tan olinganligi va 4-5 mln aholi kambag‘allikda yashayotgani e’tirof etilayotganligi, shuningdek, bu masalani ochiq-oydin aytish uchun davlatimizda 3 yildan beri tayyorgarlik olib borilganligi aytildi.

Moliya vazirining o‘rinbosari Yo.E.Tursunov hamda Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari A.A.Azizov Sirdaryo viloyatining Boyovut tumaniga tashrif buyurdi.

Mutasaddilar Boyovut tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish bilan bir qatorda nochor, kambag‘allikda hayot kechirayotgan aholi xonadonlarida bo‘lishdi.

Kambag‘allikdan chiqish uchun odamlar nima bilan shug‘ullanishi kerakligi o‘rganilib, daromadi kam aholi dunyoqarashini o‘zgartirish, ularga mos yo‘nalishlar va zarur ko‘maklar berish masalasi muhokama qilindi. Shu asosda tumanda kambag‘alchilikni kamaytirish dasturini ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etiladi.

Поделиться