O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Angry Birds” ixtirochisi Piter Vesterbak Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdi

2020-02-27 | Ta’lim

Prezident Shavkat Mirziyoev parlamentga yo'naltirilgan Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, bugungi davrda O’zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirish maqsadida faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erishish mumkin. Va buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo’lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalash zarur.

Yetuk va malakali kadrlarni tayorlashda eng ilg’or xorijiy tajribadan foydalanishda muhim o'rin egallaydi. Hukumat tashabbusi bilan bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda, xorijdan yurtimizga obro‘li va yuqori tajriba va malakaga ega mutahassislar jalb qilinmoqda.

Va bu borada 26-fevral kuni, Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabiga barchaga mashxur Angry Birds o'yini asoschisi Piter Vesterbak tashrif buyurgani yorqin misol bo‘la oladi.

Tashrif doirasida mashxur mutahassis maktabda yaratilgan barcha sharoitlar, to‘garaklar bilan to‘liq tanishib, o‘quvchilarimiz bilan qiziqarli suhbatga ega bo‘ldi. Suhbat davomida janob P.Vesterbak o‘z hayotiy va professional tajriba to‘g’risida so‘zlab berdi, yoshlarga foydali maslahat berdi. O'quvchilar esa, o‘z navbatida, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va xalqaro mutaxassisdan kerakli motivatsiyaga ega bo‘ldilar!

Поделиться