O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir forum

11.03.2020Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya Ichki ishlar vazirligi va hamkor tashkilotlar bilan birga “Xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish - mamlakat taraqqiyotining muhim omili“ mavzusida xalqaro forum o‘tkazdi.

Vaqt taqsimoti yuzasidan seminar-trening tashkil etildi

10.03.2020Jamiyat

Belgilangan 8 soatlik ish davomiyligida juda ko‘p vazifalarni uddalash kerak. Topshiriqlar bir dunyo! Xohlaymiz. Lekin qanday uddalaymiz?! Mazkur savollarga javob berish maqsadida bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari bilan vaqt menejmenti masalasiga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

“Ziyorat turizmi haftaligi” tadbirlari kechiktirildi

10.03.2020Turizm

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi nomidan 12-16-mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” dunyo boֲ‘ylab koronavirus (COVID-19) tarqalib borishi sababli kechiktirildi.

“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi qoldirildi

10.03.2020Jamiyat

Joriy yilning 23-25-aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi keyinga qoldirildi.

Deputatlar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini muhokama qildi

10.03.2020Jamiyat

2020-yil 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan “Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi hamda istiqboldagi vazifalar” mavzuidagi davra suhbati tashkil qilindi.

Ish vaqtini tartibga solish bo'yicha eng ko'p beriladigan savollar

10.03.2020Jamiyat

Davlat statistika qo‘mitasi raisi boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi BMT statistika komissiyasining 51-sessiyasida ishtirok etdi

10.03.2020Jamiyat

Joriy yilning 2–6-mart kunlari Davlat statistika qo‘mitasi raisi boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh qarorgohida rasmiy statistika bo‘yicha BMTga a'zo mamlakatlar statistika organlari rahbarlari ishtirokidagi xalqaro Forum hamda BMT statistika komissiyasining 51-sessiyasida ishtirok etdi.

Fransiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

09.03.2020Jamiyat

Fransiya hududida COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonning Parij shahridagi Elchixonasi huzurida Ishchi guruhi shakllantirildi. Vatandoshlar bilan muntazam muloqot o’rnatilgan bo’lib, ular uchun “Telegram” tarmog’ida “France-uz” guruhi tuzilgan.

Qoraqalpoqlar Navro‘z bayramini qanday nishonlaydi?

09.03.2020Madaniyat

O‘tgan yili ilk marotaba Mo‘ynoq tumanida o‘tkazilgan «NavrUz» etnofestivali joriy yil 22-mart kuni shahar markazida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Etnofestivalda hunarmandlar ko‘rgazmasi, milliy qo‘shiqlar va raqslar, oshpazlar musobaqasi, kurash va milliy sport o‘yinlari, baxshi hamda jirovlarning chiqishi, ko‘rgazmali o‘tov qurilishi va boshqa qiziqarli tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

2021-yil 1-yanvardan boshlab biometrik pasport oʻrniga ID-kartalar beriladi

09.03.2020Texnologiyalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning mamlakatdagi amaldagi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish toʻgʻrisida ilgari qabul qilingan qarorlarini amalga oshirish doirasida, 2020-yil 6-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilindi.

Xotin-qizlarning xayrli ishlari e’tirof etildi

09.03.2020Siyosat

Toshkentda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Shavkat Mirziyoyev: Onalar duosidan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ishimizda unum, hayotimizda baraka bor

09.03.2020Siyosat

Joriy yilning 7-mart kuni Toshkentda 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan bir guruh mahkuma ayollarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh

09.03.2020Siyosat

Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan ayrim mahkuma ayollarni afv etish yuzasidan bildirilgan tashabbusi doirasida Prezident huzuridagi Afv etish masalalari bo‘yicha komissiya, boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etilib, bevosita joylarga chiqqan holda mahkuma ayollarning shaxsini o‘rganish va ular bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilishi ta’minlandi.

Italiya Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga

06.03.2020Jamiyat

Italiya hududida COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi huzurida Operativ shtab tuzildi va uning a’zolari vatandoshlar bilan muntazam ravishda muloqotda bo‘lib turilibdi. O‘zbekistonlik talabalar uchun Telegram messenjerida 2 ta guruh – “Наши студенты в Италии” va “Tashkent-Torino-2019/2020” ochildi. Konsullik hisobida jami 866 ta fuqaro turadi.

Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish kengayadi

06.03.2020Jamiyat

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 5-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi.