O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlari va istiqboldagi vazifalar
2020-02-26 | Jamiyat
Joriy yilning 25-fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “O`zbekiston Respublikasining 2017–2019-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlari va istiqboldagi vazifalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Universitet oqituvchilari, ilmiy izlanuvchilar va talabalar uchun tashkil etilgan ushbu seminarda Davlat statistika qo‘mitasining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig`i Aziz Mamirov va Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Ulug‘bek Noipov ma`ruza qildi.
Tadbirda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlarining xalqaro resurslarda e`lon qilinishi, bu borada statistika idoralarining tutgan o`rni va amalga oshirayotgan ishlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, tadbirda milliy hisoblar tizimining asosiy ko`rsatkichlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishdagi ahamiyati xususida firk-mulohaza bildirildi.
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, tahlil etish bo‘yicha tatbiq etilayotgan yangi uslublar va bu borada axborot kommunikatsion texnologiyalarning ahamiyati borasida ham batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.