O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta'lim

Toshkent davlat pedagogika universitetiga yangi rektor tayinlandi

17.11.2021Ta’limManba: O'zA

Tayinlov. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, Kirgizboyev Abdugappor Karimjonovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Kirgizboyev Abdugappor Karimjonovich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilni rivojlantirish departamenti mudiri lavozimidan ozod etildi.

Nurafshon Shahrida Prezident maktabi foydalanishga topshirildi

16.11.2021YoshlarManba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Prezident maktabi pedagoglari va o'quvchilari, deputatlar, nuroniylar va o'quvchilarning ota-onalari ishtirok etmoqda.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutining Qarshi filialida inkubatsiya markazi ishga tushirildi

16.11.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

IT Park hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magi bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutining Qarshi filialida yangi inkubatsiya markazi ochildi.

“StudentHack 2021” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

16.11.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkent shahridagi Amity universiteti hududida “BePro IT Academy” va Toshkent shahridagi Amity universiteti hamkorligida joriy yilning 12-14 noyabr kunlari mobaynida tashabbuskor yoshlar orasida “StudentHack 2021” xakaton musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Inha universitetida xalqaro IT forumi bo‘lib o‘tdi

12.11.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkent shahridagi Inha universitetida “Axborot jamiyatida raqamli transformatsiyaning xalqaro o‘lchovi” mavzusida “O‘zbekiston-Ukraina 2021” xalqaro IT-forumi bo‘lib o‘tdi. 

Qozon federal universitetida xitoyshunoslar konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

12.11.2021Ta’limManba: O'zA

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti prorektori, xitoyshunos Elyor Mahmudov 11-noyabr kuni Qozon federal universiteti tomonidan tashkillashtirilgan “Rossiya-Xitoy: tarix va madaniyat” nomli XIV xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilishida ishtirok etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi TTDHK Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

12.11.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Istanbul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TTDHK) Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Toshkent shahridagi Amity universitetida “Career Fest – 2021” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

11.11.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugungi kunda yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlash masalalariga katta e'tibor berilmoqda. Ularga jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish va tashabbus ko‘rsatib mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, samarali iqtisodiy islohotlar hamda intellektual salohiyat bilan bog‘liq bo‘lgan sohalardagi bir qator ijobiy o‘zgarishlar natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.

Talabalar akademik almashinuvi – hamkorlikning samarali usuli

10.11.2021Ta’limManba: O'zA

Xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar va professorlar akademik almashinuvi hamkorlikning samarali usullaridan biridir.

Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan maktab o'qituvchilari uchun uch oylik bepul kurslar tashkil etildi

09.11.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan Yunusobod tumanidagi 220-sonli hamda Uchtepa tumanidagi 193-sonli maktab o‘qituvchilari uchun “Ta’lim tizimini raqamlashtirish” mavzusida uch oylik malaka oshirish kurslari boshlandi.

Navoiy viloyatining bir qator tumanlarida sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi

08.11.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida aholi va yuridik shaxslar uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabullar o‘tkazildi. Ushbu sayyor qabullarda 250 nafar  aholi va yuridik shaxs vakillari qatnashdi. 

“UNICON.UZ” DUK tomonidan o‘quv seminari o‘tkazildi

08.11.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

“UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi tomonidan “Rahbarning shaxsiy samaradorligi” mavzusida bo‘lim  boshliqlari uchun psixologik trening o‘tkazildi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tibbiyot xodimlarining IT sohasidagi malakasi oshirilmoqda

05.11.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida tibbiyot xodimlarining IT sohasida malakasini oshirish yo‘lga qo‘yildi.

Buxoro viloyatida hamshiralar IT sohasi bo‘yicha o‘qitilmoqda

05.11.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, tibbiyot sohasini raqamlashtirish va davlat xususiy sherikchilikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim vazifalar belgilangan. Unga ko‘ra,  har bir oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida elektron tizim bilan ishlaydigan bir nafardan IT operator – hamshira lavozimi kiritilgan.

Ilm - saodat kaliti

05.11.2021Ta’limManba: O'zA

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Ilm - saodat kaliti” shiori ostidagi “Qizlarjon” respublika sammiti o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi

04.11.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi mas’ullari, tuman hokimligi, mutasaddi tashkilot rahbarlari va yoshlar ishtirok etdi. 

KOICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

04.11.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

Bola kamolotining ilk kurtaklari nafaqat oilada, balki maktabgacha taʼlim tashkilotlarida namoyon boʻladi. Ushbu tashkilotlarda taʼlim-tarbiyaviy ishlar sifati hamda samaradorligi, ularda yaratilgan zamonaviy imkoniyat va sogʻlom muhit murgʻak farzandlarimiz taqdirida gʻoyat muhim oʻrin egallaydi. Shuning uchun ham maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning malakasini oshirib borish muhim hisoblanadi.

Jizzax viloyatida Vazirlik tizimidagi soha korxonalari xodimlari IT Park va “GOC-UZ” korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

04.11.2021TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi hamda O’zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi hamkorligida yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb qilish, kelajakda munosib ish joyini topishlariga ko'maklashish maqsadida Jizzax viloyatidagi soha korxonalarida ishlovchi yoshlar IT-Park Jizzax filiali hamda Jizzax  Erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan optik tolali kabel va boshqa kabel mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Global Optical Communication Uzbekistan” MCHJ QKlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Maktab o‘qituvchisi Respublika ta’lim markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

03.11.2021Ta’limManba: O'zA

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 65-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati matematika fani o‘qituvchisi Isroiljon Tillaboyev Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Milliy universiteti olimasi dunyoning top 2 foiz olimlari ro‘yxatidan joy oldi

02.11.2021Ta’limManba: O'zA

Dunyodagi eng yirik nashriyotlardan biri bo‘lgan Elsevier va Stendford universiteti dunyoda eng salohiyatli 100 mingta olimlar ro‘yxatini taqdim etdi.