O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“StudentHack 2021” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
2021-11-16 | Ta’lim
Toshkent shahridagi Amity universiteti hududida “BePro IT Academy” va Toshkent shahridagi Amity universiteti hamkorligida joriy yilning 12-14 noyabr kunlari mobaynida tashabbuskor yoshlar orasida “StudentHack 2021” xakaton musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Xakaton – IT-loyihalari yoki g‘oyalari bo‘lgan yoshlar va ulardan tuzilgan jamoalar uchun musobaqa bo‘lib, ushbu tadbirda malakali mutaxassislar ularni to‘liq prototipga aylantirishda ko‘maklashadi.
"StudentHack 2021" musobaqasi talabalarni qo‘llab-quvvatlash, IT loyihalar ustida ishlash, malakali mutaxassislar bilan chuqur aloqa o‘rnatish, bilim va tajriba almashish maqsadida o'tkazildi.
Musobaqa juda ham qizg‘in va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Musobaqada talabalar yakka holda va jamoa tuzgan holda ishtirok etishdi. 38 nafar jamoa gʻoyalar ustida ishlab, ularni taqdim etishdi.
Tadbir yakunida g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi