O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta'lim

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro matematika maktabini borib ko‘rdi

13.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanidagi Xalqaro matematika maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Vazir oʻrinbosari Vengriya universiteti rektorini qabul qildi

12.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova Vengriyaning Obuda universiteti rektori Levente Kovach bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida tomonlar ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Prezident maktabida bo‘ldi

12.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Mamlakatimizda ixtisoslashtirilgan ta’limning yangi tizimi - Prezident maktablari tashkil etildi. Joriy yilda Qarshi shahrida ham shunday maktab foydalanishga topshirildi. 

“Boʻlajak olim” tanlovida yana 37 nafar yoshlar gʻolib boʻldi

11.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi Hayʼatining qaroriga muvofiq “Boʻlajak olim” tanlovining yana 35 nafar ilmiy gʻoya mualliflarini va 2 ta startap loyiha ragʻbatlantirilishi tasdiqlandi. Tanlov ikki bosqichda oʻtkazildi. Iqtidorli yoshlarning tanlovga taqdim etilgan aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan ilmiy gʻoyalari Yoshlar akademiyasi tomonidan koʻrib chiqildi.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga hujjatlar topshirish muddati uzaytirildi

11.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli va 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarorlarga muvofiq yagona elektron tizimi orqali oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining barcha shakllariga talabgorlar tomonidan hujjatlar topshirilmoqda.

Prezident o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi

11.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi 9-ixtisoslashtirilgan maktab-internatini borib ko‘rdi.

Marg‘ilonda AQSHning Vebster universiteti filiali ochiladi

08.10.2021Ta’limManba: O'zA

Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vebster universiteti prezidenti, doktor Djulian Shuster boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Toshkent shahridagi Inha universitetida “Sturgeon Capital” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

07.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

2021-yil 7-oktabrda Toshkent shahridagi Inha universitetida “Sturgeon Capital” Ltd investitsion kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv universitet rektori, xodimlari, hamda “Sturgeon Capital” tomonidan bir yillik ta'lim granti olgan Toshkent shahridagi Inha universitetining 3 -bosqich talabasi  Malika Kurmayeva ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, ushbu kompaniya gender tengligi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi

07.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimi o‘tkazildi.  Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi rahbar va xodimlari, tumanning ustoz-murabbiylari shuningdek, o'quvchi-yoshlar qatnashdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti va “Ipoteka-bank” o‘rtasida memorandum imzolandi

06.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ushbu memorandumning maqsadi tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, axborot texnologiyalari sohasida eng yaxshi xalqaro tajribani o‘rganish va amalga oshirish, hamda kadrlar tayyorlash sifatini oshirishdan iboratdir.

IT Park tomonidan eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun IT kurslar tashkil qilindi

06.10.2021YoshlarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun ta’lim loyihasi doirasida Toshkentdagi yangi IT Park filialida birinchi dars bo‘lib o‘tdi.  Ushbu loyiha imkoniyati cheklangan bolalar uchun axborot texnologiyalari sohasida sifatli va arzon ta’lim berish maqsadida IT Park tashabbusi bilan Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi bilan birgalikda amalga oshirildi. 

Хalq taʼlimi Vazirligida BAA elchisi bilan taʼlimdagi Hamkorlik masalalari muhokama qilindi

06.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekistondagi elchisi janob Said Matar Al Kezmi bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida ikki mamlakat oʻrtasida xalq taʼlimi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash mavzusida soʻz bordi. Vazir elchiga taʼlim sohasidagi hamkorlik xususan, “Bir million dasturchi” loyihasini Oʻzbekiston maktablarida muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi koʻmagini alohida taʼkidlab, minnatdorlik bildirdi.

Jahon bankining Oʻzbekistondagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida treninglar boshlandi.

06.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan joriy yilning 4-oktabridan 29-oktabriga qadar Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini joriy etish” mavzusida treninglar boshlandi.

«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» xalqaro ko‘rik tanlovining britaniyalik g‘olibiga mukofot topshirildi

06.10.2021JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Buyuk Britaniyada o‘zbek tili, madaniyati va tarixini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida Oksford universiteti tadqiqotchisi, tarix fanidan ma’ruzachi Tomas Velsford bilan uchrashuv o‘tkazildi.