O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoro viloyatida hamshiralar IT sohasi bo‘yicha o‘qitilmoqda

2021-11-05 | Ta’lim

“Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, tibbiyot sohasini raqamlashtirish va davlat xususiy sherikchilikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim vazifalar belgilangan. Unga ko‘ra,  har bir oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida elektron tizim bilan ishlaydigan bir nafardan IT operator – hamshira lavozimi kiritilgan.

Buxoro viloyatidagi shahar va tumanlaridagi “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari”da ushbu hamshiralar hamda boshqa sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida o‘quv darslari o‘tkazilmoqda.

Ushbu o‘quv kurslari ikki bosqichda o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, 100 nafardan ortiq IT operator – hamshiralar o‘qitilishi rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться