O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Nurafshon Shahrida Prezident maktabi foydalanishga topshirildi
2021-11-16 | Yoshlar
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Prezident maktabi pedagoglari va o'quvchilari, deputatlar, nuroniylar va o'quvchilarning ota-onalari ishtirok etmoqda.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov so'zga chiqib, mamlakatimiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanishlar bilimga chanqoq yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilayotganini alohida ta'kidladi. Barcha zamonaviy sharoitlarga ega Prezident maktabi hududdagi iqtidorli o'g'il-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratishi qayd etildi.
Toshkent viloyatida joriy yil ijtimoiy sohada bir qator ob'ektlar qurilib, mukammal ta'mirlandi. Xususan, zamonaviy maktablar, bog'chalar, mahalla fuqarolar yig'inlari idoralari, poliklinikalar shular jumlasidandir. Tadbir davom etmoqda.
Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi