O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maktab o‘qituvchisi Respublika ta’lim markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

2021-11-03 | Ta’lim

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 65-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati matematika fani o‘qituvchisi Isroiljon Tillaboyev Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

37 yoshli o‘qituvchi 2006-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutini tamomlagan, 17 yildan buyon matematika va informatika fanlaridan yosh avlodga dars berib keladi.

O‘quvchilari bir necha yillardan buyon fan olimpiadasining tuman, viloyat va respublika bosqichlarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan o‘qituvchi 2014-yilda "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Isroil Tillaboyev yangilikka intiluvchi pedagog sifatida mental arifmetika dasturini birinchi marta o‘zbek tilida o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqqan va mental arifmetika bo‘yicha ham o‘z shogirdlari bilan juda katta yutuqqa erishgan.

Xususan, 2019-yil Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Astra IV xalqaro olimpiadada 5 nafar o‘quvchi bilan ishtirok etib, undan 3 nafar o‘quvchisi gran-pri, 1-2-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

O‘zining shaxsiy blogiga ega. 2018-yil 400 dan ziyod bloger va jurnalistlar qatnashgan O‘zbekiston blogerlar chempionatida faxrli 3-o‘rinni egallagan va xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi blogeri deb e’tirof etilgan.

Isroil Tillaboyev o‘z kanali va guruhlari orqali ta’lim tizimiga doir juda katta masalalarni ko‘tarib chiqadi va u muammolarga aniq takliflar beradi. Uning ko‘tarib chiqqan muammolari doimo jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ko‘plab amaliyotga qo‘llanilgan.

Manba: O'zA

Поделиться