O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta'lim

Andijon viloyatida yana 6 ta IT-maktablar tashkil etiladi

19.01.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Prezidentining PQ-4851-son qaroriga asosan, respublikaning barcha tuman (shahar)larida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich tashkil etish belgilangan bo‘lib, 2020-2021-yillar mobaynida Andijon viloyatida 7 ta IT-maktab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Klagenfurt universiteti bilan ilmiy yo‘nalishda hamda qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi

19.01.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining beshta magistratura mutaxassisligida tahsil oluvchi talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim qamrovini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi

18.01.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-yanvar kuni maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Toshkent shahridagi Inha universitetida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

13.01.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkent shahridagi Inha universitetida “O‘zbekistonning xalqaro reytingini oshirish ko‘rsatkichlari va metodologiyasi tahlili asosida elektron hukumatni rivojlantirish” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. 

Prezident taʼlim muassasalari agentligida Fransiya taʼlim muassasalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

12.01.2022Ta’limManba: “Dunyo” axborot agentligi

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar va Fransiya o‘rta maxsus taʼlim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilish maqsadida O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova bilan uchrashdi

Taʼlim muassasalardagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul xodimlar uchun oʻquv-seminar tashkil etildi

08.01.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Мamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan chora tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Хalq taʼlimi vazirligida byudjet mablagʻlarini samarali va toʻgʻri sarflanishi masalalari koʻrib chiqildi

07.01.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Joriy yilning 6-yanvar kuni Xalq taʼlimi vazirligida sohada byudjet mablagʻlarini samarali va toʻgʻri sarflanishini nazorat qilish, boshqa organlarning xalq taʼlimi muassasalari faoliyatiga asossiz aralashuviga, pedagog kadrlarning shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning mehnatga majburlanishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralarni koʻrish hamda tizimda ichki nazoratni, korrupsiyaga qarshi kurash tadbirlarini tashkil etishning yangi tizimini joriy etish masalalari koʻrib chiqildi.

Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘qituvchilarining kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

06.01.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘qituvchilari - Praveen Kumar va Seema Rawat professorlari “Hisoblash intellekt va tibbiyot uchun bashorat tahlili" ("Computational intelligence & predictive analysis for medical science”) nomli kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Umumta'lim maktablarda favqulodda hodisalarning oldini olish - muhim vazifa

05.01.2022Ta’limManba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Toshkent viloyati Xalq ta'limi boshqarmasida YAngi yil bayrami va dam olish kunlari umumta'lim maktablarda favqulodda hodisalarning oldini olish maqsadida 29-dekabrdan 5-yanvar kuniga qadar mas'ul xodimlardan iborat 24 soatlik navbatchilik tizimi samarali faoliyat ko'rsatyapti. 

Yagona interaktiv portalini yanada rivojlantirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi

30.12.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida UZINFOCOM yagona integratori vakillari hamda TATU o‘qituvchi va talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Norvegiya Qirolligining Oslo universiteti O‘zbekistonda tibbiy ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qilishdan manfaatdor

29.12.2021Ta’limManba: Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, hususan, tibbiyot sohasida ilmiy – intellektual hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda ilmiy – innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda stomatologiya va yuz – jarrohligi ilm – fanni muntazam isloh qilib borish, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash respublika oliy ta'lim muassasalari oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.

Vazirlar mahkamasining oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga qabul qilish tartibi bo‘yicha nizomi tasdiqlandi

29.12.2021Ta’limManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

2022-yilda axborot texnologiyalari eksportini oshirish va xizmatlar sifatini yaxshilash orqali aholini rozi qilish eng muhim ustuvor vazifa ekanligi belgilandi

29.12.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

2021-yil 28-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hay’atining kengaytirilgan majlisi o‘tkazildi.

Andijon viloyatida 6 ta IT-maktab o'z faoliyatini boshladi

28.12.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Andijon viloyatining qator shahar va tumanlarida jami 6 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Toshkent shahridagi Inha universitetida “Voice AI Challenge Uzbekistan” hakatoni o‘z bo'lib o'tdi

28.12.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

 Toshkent shahridagi Inha universitetida “Voice AI Challenge Uzbekistan” hakatoni tashkil etildi.

AKT vaziri Yagona integrator - UZINFOCOM loyihalari bilan tanishdi

28.12.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

27-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” faoliyati bilan tanishdi.

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ixtisoslashtirilgan IT maktab o’z faoliyatini boshladi

27.12.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi 77-son informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o`tdi.

Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

25.12.2021HujjatlarManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida

25.12.2021HujjatlarManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Hindiston oliy ta’lim muassasalari O‘zbekistonga katta qiziqish bildirmoqda

24.12.2021Ta’limManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasining Hindistonga xizmat tashrifi doirasida bir qator Hindiston oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazildi.