O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi
2021-11-04 | Ta’lim
Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi mas’ullari, tuman hokimligi, mutasaddi tashkilot rahbarlari va yoshlar ishtirok etdi.
Bu yerda zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash asoslari bo‘yicha yoshlarni o‘rgatuvchi o‘quv kurslari uchun kompyuter sinflari, o‘quv zali tashkil etilgan. Endilikda Sherobod tuman yoshlari ham yuqori sharoitlarga ega ushbu markazda IT sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi