O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ilm - saodat kaliti
2021-11-05 | Ta’lim
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Ilm - saodat kaliti” shiori ostidagi “Qizlarjon” respublika sammiti o‘tkazildi.
Sammitda umumta’lim maktablaridan “Qizlarjon” klubi koordinatorlari, xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari, hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan qizlar, innovatsion g‘oyalar muallifi bo‘lgan o‘quvchi-qizlar hamda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, yoshlar tashkilotining hududiy sardorlari bo‘lgan 200 nafarga yaqin 8-11 sinf o‘quvchi-qizlari ishtirok etdi.
Sammitda turli mavzularda seminar-treninglar o‘tkazildi. Unda o‘quvchi-qizlar uchun innovatsion loyihalar doirasida amalga tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan kasblar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Sammit ishtirokchilari bilan bevosita amaliy va nazariy tarzda mashg‘ulotlar olib borildi.
Respublika sammitida munosib tarzda qatnashgan faol o‘quvchi-qizlar Xalq ta’limi vazirligining esdalik sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Manba: O'zA