O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Milliy universiteti olimasi dunyoning top 2 foiz olimlari ro‘yxatidan joy oldi

2021-11-02 | Ta’lim

Dunyodagi eng yirik nashriyotlardan biri bo‘lgan Elsevier va Stendford universiteti dunyoda eng salohiyatli 100 mingta olimlar ro‘yxatini taqdim etdi.

2021-yil 19-oktyabrda chop etilgan ma’lumotlar bazasida iqtiboslar soni, maqolalarga havolalar, h-index bo‘yicha standartlashtirilgan ma’lumotlar taqdim etilgan bo‘lib, unda dunyoning TOP 2 foiz olimlari ro‘yxati keltirilgan. Mazkur olimlarning ilmiy natijalari umumiy va yillik ma’lumotlar bo‘yicha ko‘rib chiqilgan.  

 O‘zbekiston Milliy universiteti olimasi Dilfuza Egamberdiyeva dunyoning Top 2 foiz olimlar qatoriga kiritilgan va Elsevier yaratgan ma’lumotlar bazasida 2020-yilning 100 mingta eng yuqori ilmiy salohiyatga ega olimlar ro‘yxatida 8 ming 692 o‘rinda qayd etilgan.   

Dilfuza Egamberdiyeva qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib, 20 yillik ilmiy faoliyati davrida 200 ga yaqin ilmiy maqolalar chop etgan, h-index ko‘rsatgichi 37 ga teng. Ilmiy faoliyati bilan bir vaqtda u BMTning Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasining yuqori darajadagi ekpertlar kengashi (HLPE) a’zosi, shu bilan birgalikda, UNESCOning Osiyo va Tinch Okeani mintaqasining fan va texnologiyalari tarmog‘i rais o‘rinbosari vazifalarida faoliyat olib boradi.   

Universitet matbuot xizmati malumotiga ko‘ra, dunyoning ilmiy salohiyati yuqori olimlari ro‘yxatida o‘zbek olimlarining joy olishi va halqaro mavqei mamlakatimizning ilm-fanga qaratayotgan e’tibori va O‘zbekiston Milliy universitetining halqaro hamkorlikda va ilmiy siyosatda olib borayotgan ishlaridan dalolat beradi.  

Manba: O'zA

Поделиться