O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Navoiy viloyatining bir qator tumanlarida sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi
2021-11-08 | Jamiyat
Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida aholi va yuridik shaxslar uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabullar o‘tkazildi. Ushbu sayyor qabullarda 250 nafar aholi va yuridik shaxs vakillari qatnashdi.
Sayyor qabullar davomida, vazirlik faoliyatidan kelib chiqib, aholi va tadbirkorlik subyektlari vakillarining telekommunikatsiya xizmatlari, pochta, televideniya, mobil aloqa hamda ta’lim yo‘nalishlari bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi.
Mazkur sayyor qabullarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan soha tizimidagi mas’ul rahbarlarga tegishli muammolarni o‘rganib chiqib, ularni hal etish bo‘yicha ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi