O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Talabalar akademik almashinuvi – hamkorlikning samarali usuli

2021-11-10 | Ta’lim

Xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar va professorlar akademik almashinuvi hamkorlikning samarali usullaridan biridir.

Shu bois, Toshkent davlat stomatologiya instituti oliy ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni yildan yilga kegaytirib bormoqda. Xususan, Rossiyaning Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilda 2 ta bakalavriat yo‘nalishida, klinik ordinatura bo‘yicha esa 5 ta yo‘nalishda qo‘shma fakultet tashkil qilindi va unda 104 nafar talaba tahsil olmoqda.  

Shu va boshqa hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qilish maqsadida Privoljsk tadqiqot universiteti mutasaddilaridan iborat delegatsiya yurtimizga tashrif buyurdi.  Tashrif davomida delegatsiya azolari Toshkent davlat stomatologiya instituti rahbariyati bilan o‘zaro muloqot qildi. Ilmiy sohada va talabalarni akademik almashishda hamkorlik qilish hamda o‘zaro munosabatlarni kengaytirish borasida kelishuvlarga erishildi.  

Manba: O'zA

Поделиться