O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Klagenfurt universiteti bilan ilmiy yo‘nalishda hamda qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi
2022-01-19 | Ta’lim
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining beshta magistratura mutaxassisligida tahsil oluvchi talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi.
Ilk bor dunyoning eng nufuzli universitetlarning birinchi 400taligiga kiruvchi Avstriya davlatining Klagenfurt universiteti bilan ilmiy yo‘nalishda hamda qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Yuqorida aytilganidek, beshta mutaxassislik talabalarining eng iqtidorlilari saralab olinib, ular Klagenfurt universitetida 1 yoki 2 semestr davomida o‘qishini davom ettirish hamda ikki tomonning diplomiga ega bo‘lishlari mumkin.
Endilikda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ilmiy izlanuvchilari, doktorantura hamda magistratura talabalari ikki universitet professor o‘qituvchilarini hamkor ilmiy rahbar (co-supervising) sifatida olishlari mumkin.
Hozirgi kunda Klagenfurt universiteti bilan o‘rnatilgan yaqin aloqalar ERASMUS+ INTRAS loyihasi bilan boshlangan bo‘lsa, shu kungacha 10dan ortiq ilmiy maqolalar nufuzli jurnallarda chop etildi. 2 nafar o‘qituvchilar amaliyotga borib qaytdilar. Shu kunlarda yana 2 nafar PhD talabasi 5 oylik almashinuv dasturiga ketmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi