O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ixtisoslashtirilgan IT maktab o’z faoliyatini boshladi
2021-12-27 | Jamiyat
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi 77-son informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o`tdi.
Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Qo‘shrabot tuman hokimligi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi rahbar va xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, maktab o`qituvchi va o`quvchilari ishtirok etdilar.
Mazkur maktab zamon talablari asosida ta`mirlandi va jihozlandi. Unda informatika, robototexnika, IT English sinfxonalari, raqamli kutubxona tashkil etildi. Endilikda ushbu maktab o‘quvchilariga informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar chuqurlashtirilib o‘qitiladi va amaliyotda bilimlarini sinash imkoniyati beradi.
O‘tgan davrda Samarqand viloyatida 7 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi