O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahridagi Inha universitetida “Voice AI Challenge Uzbekistan” hakatoni o‘z bo'lib o'tdi
2021-12-28 | Ta’lim
Toshkent shahridagi Inha universitetida “Voice AI Challenge Uzbekistan” hakatoni tashkil etildi.
Mazkur hakatonda 100 dan ortiq ishtirokchilar (30 dan ortiq jamoa) ishtirok etishdi hamda uch kun davomida o‘zbek tilidagi ovozli ma’lumotlar asosida ilova, bot, dastur yoki boshqa istalgan dasturiy mahsulotni yaratish ustida ish olib borishdi. Shuningdek, xakaton doirasida ishtirokchilarga ko‘maklashish maqsadida 6 nafar yuqori malakali mentorlar taklif etildi.
Hakaton so‘ngida jamoalar o‘z loyihalarini taqdim etishdi. Taqdim etilgan loyihalar asosida xakaton g‘oliblari aniqlandi va ularga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Ta’kidlash kerakkki, xakaton doirasida foydalanish uchun sun’iy intellektga o‘zbek tilini o‘rgatish orqali ochiq ovozli ma’lumotlar bazasini yaratish maqsadida “Mozilla Common Voice” platformasida o‘zbek tilida 304 soatdan (207 ming jumla) ortiq jumlalar yig‘ildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi