O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta'lim

Atoqli adiblar nomi bilan ataluvchi ijod maktablarida ijodiy tanlovlar qizg‘in o‘tmoqda

16.08.2019Ta’lim

Joriy yilning 13 avgust kunidan boshlab Respublikamizning Nukus, Xiva, Qarshi, Jizzax, Guliston, Andijon, Marg‘ilon shaharlarida joylashgan atoqli adiblar nomi bilan ataluvchi ijod maktablarida ijodiy tanlovlar bo‘lib o‘tmoqda.

XTV Telegram messenjerida UzEduBot botini ishga tushirdi

15.08.2019Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Telegram messenjerida UzEduBot botini ishga tushirdi.

Umumtaʼlim maktablarining yosh kitobxonlari taqdirlandi

15.08.2019Ta’lim

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchilar qalbida insoniy fazilatlarga nisbatan mehr-muhabbat uygʻotish maqsadida ulkan islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, oʻgʻil-qizlar ongida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, shuningdek, milliy va jahon adabiyoti boʻyicha bilimlarini oshirish maqsadida “Yosh kitobxonlar” respublika koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Maktablarni yangi oʻquv yiliga tayyorlash uchun qaysi hudud rahbari eng koʻp yordam berayotgani toʻgʻrisida jamoatchilik fikri oʻrganilmoqda

14.08.2019Ta’lim

Mamlakatimizda 2019-2020 oʻquv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Yozgi taʼtil davomida mahalliy hokimiyatlar yordamida maktablarni yangi oʻquv yiliga tayyorlash boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi.

2019-2020 oʻquv yilidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida Avgust kengashlari tashkil etiladi

14.08.2019Ta’lim

Maʼlumki, yangi oʻquv yili oldidan xalq taʼlimi muassasalari rahbarlarining masʼuliyati va tashabbuskorligi, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy salohiyati, mahoratini yanada oshirish, oʻquv dastur hamda darsliklardagi yangiliklar, oʻzgarishlar bilan tizim xodimlarini yaqindan tanishtirish, yangi oʻquv yilidagi muhim va ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida Avgust kengashlari tashkil etiladi.

UMS mobil operatori abonentlari endi xalq taʼlimi tizimi elektron resurslaridan mobil internet-trafik sarflamasdan foydalanishi mumkin

14.08.2019Ta’lim

Ushbu imkoniyat yaratilishiga kompaniya hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi oʻrtasidagi yaqin hamkorlik asos boʻldi. Mamlakatimiz aholisi, shu jumladan, xalq taʼlimi tizimi ishchilari, oʻquvchilar va ularning ota-onalari axborot-taʼlim resurslaridan yanada kengroq foydalanishi uchun bir qator veb-saytlar hamda veb-servislarga mobil qurilmalardan kirish qulaylashtirildi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlashdagi xalqaro aloqalar mustahkamlanmoqda

13.08.2019Ta’lim

Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

E’lon

13.08.2019Ta’lim

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 iyundagi 459-son “O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori va Ichki ishlar vazirligining  2018 yil 20 oktyabrdagi 286-son “O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o’quvchilarni o’qishga qabul qilish uchun tanlovlar o’tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug’i talablari asosida 2019/2020-o’quv yilida Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2019 yilning 15-17 avgust kunlari o’qishga tanlov o’tkazilmoqda.

XTV xalq ta’limi tizimida DXSh loyihalarini taklif etadi

12.08.2019Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun sarmoyadorlar o‘rtasida tanlovlar e’lon qildi.

Matematiklarimiz 14 medal bilan Afrikadan Oʻzbekistonga qaytdi

09.08.2019Ta’lim

Oʻzbekiston terma jamoasining 8 nafar aʼzosi joriy yilning 1-6-avgust kunlari Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahrida matematika fani boʻyicha oʻtkazilgan Xalqaro musobaqada (International Matematics Competition, IMC 2019) ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.

Oliy ta’limda "Korruptsiyasiz soha" loyihasi amalga oshiriladi

09.08.2019Jamiyat

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ta’lim muassasalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Qurolli Kuchlar akademiyasiga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti elchisi tashrif buyurdi

08.08.2019Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida Mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining mamlakatimizdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi, elchi Jon Makgregor bilan uchrashdi.

Oliy ta’lim muassasalarining reytinggi e’lon qilindi

08.08.2019Ta’lim

7 avgust kuni  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida kengaytirilgan tarkibda hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov raislik qildi. 

Hurmatli abiturientlar diqqatiga!!!

08.08.2019Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida” 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4413-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, xalqimizning milliy va diniy an'analariga mos ravishda o‘tishi munosabati bilan joriy yilning 11 avgust kuni o‘tkaziladigan test sinovlari quydagi muddatlarga ko‘chirililganligi ma'lum qilinadi (abiturient ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bino va soat o‘zgarmagan holda):

Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining to‘qqizinchi kunida ishtirok etgan abiturientlarning natijalari (to‘plagan ballari)

07.08.2019Ta’lim

Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining to‘qqizinchi kuni – 6 avgust natijalari quyidagicha: 
Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 66 ta katta sig‘imli binoda “Matematika”, “Fizika”, “Ona tili va adabiyoti”, “Chet tili”, “Kimyo” va “Biologiya”, “Tarix” fanlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Oliy ta’lim muassaslarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi va reyting natijalari tahlili

07.08.2019Ta’lim

2018 yil 24 oktyabr kuni Prezidentimiz raxbarligida o‘tkazilgan oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ilk bor xalqaro tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi yaratilib, ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlari tahlil qilingani va mazkur tahlil natijasida sohada qator muammo va kamchiliklar ma’lum bo‘lgani aytib o‘tilgan edi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tizimida rahbarlik lavozimlariga birinchi ochiq tanlov haqida e’lon qildi

06.08.2019Jamiyat

2019 yilning 5 avgust kuni maktabgacha ta’lim tizimi bo‘limlari rahbarlik lavozimlariga birinchi ochiq tanlov doirasida talabnomalarni qabul qilish boshlandi. Tanlovning ommabopligi va shaffofligi malakali va g‘ayratli mutaxassislarni jalb etish imkonini berishi kutilmoqda. Talabnomani zarur vakolatlarga ega har qanday kishi taqdim etishi mumkin.

 

O‘zbekiston – Malayziya qo‘shma fakulteti magistraturada o‘qish uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi

05.08.2019Ta’lim

2019-yilning 1-iyunidan Toshkent moliya institutida “Binary Graduate School” magistatura dasturi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Dastur Malayziyaning “Binary” Boshqaruv va tadbirkorlik universiteti bilan birgalikda tashkil etilgan.