O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Matematiklarimiz 14 medal bilan Afrikadan Oʻzbekistonga qaytdi

2019-08-09 | Ta’lim

Oʻzbekiston terma jamoasining 8 nafar aʼzosi joriy yilning 1-6-avgust kunlari Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahrida matematika fani boʻyicha oʻtkazilgan Xalqaro musobaqada (International Matematics Competition, IMC 2019) ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.

Kuni kecha Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yosh matematiklarimizni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi masʼullari, keng jamoatchilik vakillari, ota-onalar, yoshlar tantanali kutib oldi.

Xalqaro matematika musobaqasi 2 bosqichda, yaʼni individual va jamoalar orasidagi bellashuv tarzida oʻtkazildi. Oʻzbekiston terma jamoasi individual bellashuvda 1 oltin, 1 kumush, 4 bronza va 2 faxriy yorliq hamda jamoalar bellashuvida esa 8 bronza medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa, har ikki tur boʻyicha terma jamoa jami 14 ta medal sohibi boʻldi.

Musobaqada 41 davlatdan, jumladan, taʼlim tizimlari umumeʼtirof etilgan Janubiy Koreya, Xitoy, Singapur, Gonkong, AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Ruminiya, Bolgariya va boshqa mamlakatlardan 500 nafardan ortiq eng iqtidorli oʻquvchilar matematikaning kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriya boʻlimlariga oid murakkab va nostandart masalalarni yechishda bellashdi.

Musobaqada ishtirok etish uchun Oʻzbekiston terma jamoasiga har bir yosh toifasi boʻyicha 4 nafardan jami 8 nafar oʻquvchi saralab olindi.

Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktab-internatining 7-sinf oʻquvchisi

Anvarjon Rahmatov barcha shartlarda yuqori natija qayd etib, faxrli birinchi oʻrinni egallab oltin medalni qoʻlga kiritdi.

– Xalqaro musobaqaga birinchi marta qatnashdim, – dedi oltin medal sohibi Anvarjon Rahmatov. – Avvaliga juda qattiq hayajon bosdi. Raqiblarim ham kuchli edi. Shunday boʻlsa-da menga bildirilgan ishonchni oqladim. Qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatlarimda ota-onam va ustozlarimning mehnati yuqori boʻldi. Ustozlarim bergan bilim va tavsiyalari tufayli ushbu xalqaro musobaqada yaxshi natija koʻrsatib, mamlakatimiz sharafini himoya qildim.

– Farzandim Jahongir 5-sinfda oʻqiyotganida matematika faniga qiziqishi oshdi, – dedi Buxoro viloyati Peshku tumanidagi 18-maktab oʻqituvchisi Joʻrabek Murodov.– Oʻzim matematika fani oʻqituvchisi boʻlganim uchun unga maktabda va uyda fan sirlarini oʻrgatardim. U yildan-yilga charxlanib borardi. Bir necha marta mamlakatimizda har yili oʻtkaziladigan bilimlar bellashuvining respublika bosqichida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 2016-yil Tailand Qirolligida, 2018-yil Bolgariyada va bu safar Afrika Respublikasida oʻtkazilgan xalqaro matematika musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Keyingi musobaqalarda oltin medalni qoʻlga kiritishi uchun astoydil harakat qilamiz.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 19-may kuni mazkur musobaqaning II respublika saralash bosqichi Samarqand shahrida oʻtkazilgan edi. Unda hududlardan saralab olingan 140 nafar iqtidorli oʻquvchi ishtirok etib, musobaqa yakunida 8 nafar iqtidorli yoshlar Oʻzbekiston terma jamoasiga saralab olingandi.

Поделиться