O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

XTV xalq ta’limi tizimida DXSh loyihalarini taklif etadi

2019-08-12 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun sarmoyadorlar o‘rtasida tanlovlar e’lon qildi.

Vazirlik o‘z rasmiy saytida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha 27 ta e’lonnichop etdi. Loyihalar yurtimizning 8 viloyatida va Toshkent shahrida amalga oshiriladi.

Loyihalarning 5 tasida bo‘sh yer uchastkalarida sport majmualari, shuningdek 22 tasida esa nodavlat umumiy ta’lim muassasalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Tanlov talablariga ko‘ra, DXSh ob’ektlari g‘oliblarga e’londa ko‘rsatilgan muddatga qadar beg‘araz foydalanish uchun taqdim etiladi.

Loyihalar doirasida hamkorlar ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan bir guruh o‘quvchilarni o‘qitish, binolarni qurish va rekonstruksiya qilish hamda maktablarning moddiy-texnik bazasini yangilash bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilishi kerak. Shu bilan birga, loyiha hamkori bitim amal qilish muddati davomida DXSh ob’ektining asosiy faoliyat turini o‘zgartirmagan holda foydalanishi shart.

Tanlovda ishtirok etishni istagan tadbirkor va sarmoyadorlar joriy yilning 12 sentyabr kuniga qadar quyidagi manzil bo‘yicha murojaat etishi mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, 100031, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Mirobod ko‘chasi, 14-uy.

Tanlov shartlari va unda ishtirok etish bo‘yicha ma’lumot olish uchun vazirlikning Maktablarning istiqbolli modellari va davlat-xususiy sheriklik boshqarmasiga murojaat etishingiz mumkin.

Поделиться