O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tizimida rahbarlik lavozimlariga birinchi ochiq tanlov haqida e’lon qildi

2019-08-06 | Jamiyat

2019 yilning 5 avgust kuni maktabgacha ta’lim tizimi bo‘limlari rahbarlik lavozimlariga birinchi ochiq tanlov doirasida talabnomalarni qabul qilish boshlandi. Tanlovning ommabopligi va shaffofligi malakali va g‘ayratli mutaxassislarni jalb etish imkonini berishi kutilmoqda. Talabnomani zarur vakolatlarga ega har qanday kishi taqdim etishi mumkin.

 

2019 yil 5 avgust, Toshkent shahri — Shahar va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari bo‘sh rahbarlik lavozimlariga tanlovning birinchi bosqichi 2019 yilning 5 avgustidan 4 sentyabriga qadar bo‘lib o‘tadi. Tanlovning maqsadi samarador jamoa tashkil etish va murakkab sharoitlarda qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega boshqaruv kadrlarini jalb etishdan iborat.

“Maktabgacha ta’lim tizimida kadrlar masalasi g‘oyat dolzarbligicha qolmoqda. Biz muntazam ravishda hududlarga tashrif buyuramiz, ishlar holatini tahlil etamiz, ayrim maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qoniqarsiz holati sabablarini o‘rganamiz hamda mas’uliyatsiz va insofsiz rahbarlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarni bekor qilamiz. Bularning barchasini Toshkent shahridan turib kuzatib borish mumkin emas. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yish, sanitariya-maishiy sharoitlarni yaxshilash hamda o‘g‘rilik va qoidabuzarliklarning oldini olish uchun shahar va tuman rahbarligida vakolatli, insofli va tegishli natijaga ega bo‘lishni o‘ziga maqsad qilib olgan inson bo‘lishi kerak”, — deydi Maktabgacha ta’lim vazirligi kadrlarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i Abduqahhor Yusupov.

Oliy ma’lumot va boshqaruv tajribasiga ega bo‘lish, o‘zbek va rus tillarini bilish, kompyuter savodxonligi, shuningdek halollik, insoflilik, printsipiallik va qonunga itoatkorlik nomzodlarga qo‘yilgan talablar jumlasidandir. Avvalgi ish joylaridan salbiy sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan nomzodlar ko‘rib chiqilmaydi.

“Ochiq va shaffof tanlov kadrlar yetishmasligi masalasini hal etishda ta’sirli chora bo‘ladi. Endi vakant lavozimni zarur vakolatlarga ega har qanday kishi egallashi mumkin. Bu tanqidiy fikrlay oladigan, tahliliy qobiliyat va menejerlik ko‘nikmalariga ega insonlarga yo‘l ochib beradi”, — deydi Maktabgacha ta’lim vazirligi kadrlarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i Abduqahhor Yusupov.

Talabnomalar Maktabgacha ta’lim vazirligi elektron pochtasi (devon@mdo.uz, mdo@exat.uz) va devonxonasi orqali 2019 yilning 4 sentyabriga qadar (4 sentyabr ham kiradi) qabul qilinadi. Bo‘sh ish o‘rinlari, qo‘yiladigan talablar, lavozim majburiyatlari va zarur hujjatlar ro‘yxati bilan batafsil mdo.uz sayti va 712393376 telefon raqami orqali tanishib chiqish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi vakant (bo‘sh) bo‘lgan viloyat maktabgacha ta’lim boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

Talablar:

·        Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan (maktabgacha ta’lim, pedagogika, defektologiya, psixologiya yunalishlari buyicha diplomlariga va maktabgacha ta’lim bo‘yicha qayta tayyorlovdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan nomzodlar ma’qullaniladi);

·        5 yildan kam bo‘lmagan  boshqaruvlik tajribasi;

·        O‘zbek va rus tillarini bilishi, ingliz tilini bilishi ma’qullaniladi;

·        Og‘zaki va yozma nutqining savodxonlik mahorati;

·        Word, Excel, PowerPoint dasturlarini tajribali amaliyotchi darajasida o‘zlashtirish qobiliyati;

·        Tashkilotchilik qobiliyati;

·        Yuqori ma’suliyatni his etuvchi, to‘g‘ri so‘zlik, tartibli, qonunga itoatkor, intizom va qat’iyatlik talablariga javob beradigan;

·        Samarali jamoalarni shakllantirish qobiliyati;

·        Muammoli vaziyatlarda tezlik bilan harakat qilishi hamda tezkor va optimal qaror qabul qilish qobiliyati;

·        O‘z fikrini aniq va ravon bayon eta oladigan, taqdimotlar o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan;

·        Tanqidiy fikrlaydigan va tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan;

·          O‘z ustida ishlaydigan, tezkor, komillikka intiladigan.

         Oldingi ish joyidan negativ fikrlarga ega bo‘lgan va salbiy asoslarga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan nomzodlarning hujjatlari ko‘rib chiqilmaydi.

Asosiy vazifalari:

·                   Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni samarali bajarilishini ta’minlash uchun ishlarni muvofiqlashtirish;

·                   Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishda  ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish sektorlarining  o‘zaro hamkorligini ta’minlash;

·                   Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish;

·                   Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida reabilitatsiya va ma’naviy-axloqiy tarbiyani olib borish;

·                   nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvatlash xamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil turlarini rivojlantirish;

·                   Idoraviy tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonun, qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmonlari, vazirlikning buyruqlarini tizimli bajarilishini nazorat qilish;

·                   Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

·                   Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan xamkorlikni muvofiqlashtirish;

·                   tuman (shahar) byudjetidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirilishini, buxgalteriya hisoboti va hisobini tashkil etish.

·                   Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi va ularning rahbarlarining tashkiliy va axborot-tahlil ta’minotini  ta’minlash;

·                   Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish;

·                   Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlat talablarining bajarilishini monitoringini olib borish;

·                   Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik ta’minoti;

·                   Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bino va inshoatlaridan foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish;

·                   Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan  ishlarni tashkil etish;

·                   Maktabgacha ta’lim bo‘limlari kompetentsiyasiga kiradigan tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chikarish va xo‘jalik masalalari bo‘yicha qaror qabul qilish.

 

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1.   O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri nomiga ariza.

2.  So‘rovnoma (spravka-ob'yektivka).

3.     Tarjimai hol.

4.     Oliy ma’lumot haqidagi diplom nus'hasi.

5.     9x12 o‘lchamli 1 dona fotosurat (oq fon).

6.     Pasport (nus'hasi).

7.     Ilmiy daraja va ilmiy unvoni (mavjud bo‘lsa) haqidagi hujjatlarning nus'halari.

8.     Ilmiy-uslubiy ishlar va ixtirolar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa).

Hujjatlarning asl nus'halari shaxsan nomzodlar tomonidan ko‘rsatiladi.

Hujjatlar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy mobaynida qabul qilinadi.

Murojaat uchun manzil:

Toshkent shahar, Mirobod tumani,

Amir Temur ko‘chasi 17-uy

Telefon:  71 2393376.

Поделиться