O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Malayziya qo‘shma fakulteti magistraturada o‘qish uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi

2019-08-05 | Ta’lim

2019-yilning 1-iyunidan Toshkent moliya institutida “Binary Graduate School” magistatura dasturi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Dastur Malayziyaning “Binary” Boshqaruv va tadbirkorlik universiteti bilan birgalikda tashkil etilgan.

“Binary” universiteti 1984-yilda Malayziyada tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatda o‘quv jarayoniga amaliy bilimlarni joriy qilish va talabalarda zamonaviy professional malakani shakllantirish bo‘yicha yetakchi mavqega ega.

O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, “Binary Graduate School” O‘zbekiston – Malayziya fakulteti o‘quv dasturi 2018-yil 26-noyabrda Malayziyada Toshkent moliya instituti rektori Ulug‘bek Azizov va “Binary” Boshqaruv va tadbirkorlik universiteti rektori Jozef Adaykalam tomonidan imzolangan.

“Biznes boshqaruvi” (Business Administration), “IT menejment” (Information Technology Management) va “Buxgalteriya va moliya” (Accounting & Finance) yo‘nalishlari bo‘yicha Toshkent shahrida o‘qitish 2019-yil oktabr oyidan boshlanadi. Mashg‘ulotlar davomiyligi “Biznes boshqaruvi” va “IT menejment” mutaxassisliklari bo‘yicha 18 oyni, “Buxgalteriya va moliya” yo‘nalishida esa 24 oyni tashkil etadi. O‘quv dasturi yakunida bitiruvchilarga ikki oliy ta’lim muassasasining tegishli diplomlari beriladi.

Поделиться