O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining to‘qqizinchi kunida ishtirok etgan abiturientlarning natijalari (to‘plagan ballari)

2019-08-07 | Ta’lim

Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining to‘qqizinchi kuni – 6 avgust natijalari quyidagicha: 
Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 66 ta katta sig‘imli binoda “Matematika”, “Fizika”, “Ona tili va adabiyoti”, “Chet tili”, “Kimyo” va “Biologiya”, “Tarix” fanlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida ikki smenada jami 71 ming 340 nafar abiturient ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan, 69 ming 633 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.
Test sinovlariga 1 645 nafar abiturient kelmadi.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 33 nafar abiturient hududga kirish joyida, 29 nafar abiturient binoda qoidani buzganligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.


Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ball: 

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
Samarqand tibbiyot institutining
551010008 – Davolash ishi (Qashqadaryo) ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
Toshkent tibbiyot akademiyasining 
551010008 – Davolash ishi (Sirdaryo) ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 
5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:
Toshkent moliya institutining 
5230700 – Bank ishi ta’lim yo‘nalishi – 144,3 ball;

с) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining
5111306 – Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda ta’lim yo‘nalishi – 119,4 ball.

Поделиться