O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maktablarni yangi oʻquv yiliga tayyorlash uchun qaysi hudud rahbari eng koʻp yordam berayotgani toʻgʻrisida jamoatchilik fikri oʻrganilmoqda

2019-08-14 | Ta’lim

Mamlakatimizda 2019-2020 oʻquv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Yozgi taʼtil davomida mahalliy hokimiyatlar yordamida maktablarni yangi oʻquv yiliga tayyorlash boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga xalq taʼlimi muassasalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalasida har tomonlama koʻmaklashish vazifasi yuklatilgan, xususan:

  • tegishli hududda umumtaʼlim muassasalariga yordam koʻrsatishni tashkil etish va muvofiqlashtirish, shu jumladan, oʻqituvchilar va ushbu soha xodimlarining maqomini oshirishga yordam berish;
  • xalq taʼlimi muassasalariga koʻmaklashish masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini belgilangan tartibda eshitish;
  • nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga berish uchun boʻsh yer uchastkalari (har bir hududda yiliga 50 lotdan kam boʻlmagan) roʻyxatini tasdiqlash va ulardan doimiy foydalanish huquqini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilish;
  • xalq taʼlimi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani (trotuarlar, yoʻllar va boshqalar) zarur holatda saqlash boʻyicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish;
  • xalq taʼlimi muassasalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiyena sharoitlari va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz taʼminlash;
  • tumanlar (shaharlar)ni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor rahbarlari bilan birgalikda xalq taʼlimi muassasalarini oʻquv yiliga va kuz-qish mavsumiga oʻz vaqtida va samarali tayyorlash tadbirlarini amalga oshirish;
  • umumtaʼlim muassasalarining xavfsizligini taʼminlash, shu jumladan, hududlar atrofini oʻrash, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha inspektorlarni biriktirish, videokuzatuv kameralari, yongʻinga qarshi signalizatsiya tizimlarini, kirish yoʻllarida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi qurilmalarni oʻrnatish chora-tadbirlarini koʻrish;
  • xalq taʼlimi muassasalari hududi va koʻchmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda taʼminlash;
  • umumtaʼlim muassasalarini rivojlantirish uchun investitsiyalarni va homiylik yordamini jalb qilishga koʻmaklashish;
  • xalq taʼlimi muassasalaridagi mavjud muammolarni tez va samarali hal qilish boʻyicha boshqa choralar koʻrilishini tashkil etish uchun shaxsan javobgarligi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hududiy rahbarlarning tizimni rivojlanishiga qoʻshayotgan hissasi va joylarda amalga oshirilayotgan ishlarga bahosi haqidagi aholi fikrini oʻrganish maqsadida, oʻzining rasmiy Telegram kanalida (@uzedu) soʻrovnoma oʻtkazmoqda.

Vazirlik barchani 1-sentyabr kuniga qadar davom etadigan mazkur soʻrovnomada faol ishtirok etishga chorlaydi.

Поделиться