O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

E’lon

2019-08-13 | Ta’lim

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 iyundagi 459-son “O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori va Ichki ishlar vazirligining  2018 yil 20 oktyabrdagi 286-son “O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o’quvchilarni o’qishga qabul qilish uchun tanlovlar o’tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug’i talablari asosida 2019/2020-o’quv yilida Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2019 yilning 15-17 avgust kunlari o’qishga tanlov o’tkazilmoqda.

Tanlovning yozma ish (diktant) sinovlari Ichki ishlar vazirligining 1-son Toshkent akademik litseyida (Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, Qorasu-6 mavzesi, Gyote ko’chasi, 54-uy) hamda umumjismoniy tayyorgarlik sinovlari Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli “Yakkasaroy sport” majmuasida (Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko’chasi, 6-uy) bo’lib o’tadi.

Nomzodlar belgilangan kunlarda ertalab soat 0700 da tegishli hujjatlari bilan etib kelishlari lozim, o’z vaqtida kelmagan nomzodlar uchun alohida tanlovlar tashkil etilmaydi.

Tanlov jarayonlari bo’yicha o’tkaziladigan sinovlarni boshlanish vaqti va natijalari hamda tanlov bo’yicha nomzod bilishi zarur bo’lgan barcha ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internatining maktabmvd.uz veb saytida yoritib boriladi.

Поделиться