O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Umumtaʼlim maktablarining yosh kitobxonlari taqdirlandi

2019-08-15 | Ta’lim

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchilar qalbida insoniy fazilatlarga nisbatan mehr-muhabbat uygʻotish maqsadida ulkan islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, oʻgʻil-qizlar ongida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, shuningdek, milliy va jahon adabiyoti boʻyicha bilimlarini oshirish maqsadida “Yosh kitobxonlar” respublika koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Mazkur koʻrik-tanlov uch bosqichda oʻtkazildi. Joriy yilning may-iyun oylarida boʻlib oʻtgan saralash va hududiy bosqichlarida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 4 mingga yaqin 7-10-sinf oʻquvchilari ishtirok etdi.

Koʻrik-tanlovning respublika bosqichi joriy yilning 14-avgust kuni Gʻafur Gʻulom nomidagi istirohat bogʻida tashkil etildi. Qizgʻin tarzda oʻtkazilgan bellashuvda jami 56 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.

Gʻoliblar 2 ta shart boʻyicha aniqlandi:

1-shart “Eng koʻp kitob oʻqigan jamoa viktorinasi” deb nomlandi. Mazkur shartga koʻra oʻgʻil-qizlarning oʻzbek va jahon adabiyotiga oid kitobxonlik darajasi baholandi;

2-shart “Badiiy qahramonlar” deb nomlandi. Ushbu shartda jamoa ishtirokchilari oʻzlari xohlagan milliy va jahon adabiyoti boʻyicha qisqa teatrlashtirilgan sahna koʻrinishini namoyish etdi.

Koʻrik-tanlov gʻoliblari, sovrindorlari, nominatsiya egalari hamda ishtirokchilar Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplomlar va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Поделиться