O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2019-2020 oʻquv yilidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida Avgust kengashlari tashkil etiladi

2019-08-14 | Ta’lim

Maʼlumki, yangi oʻquv yili oldidan xalq taʼlimi muassasalari rahbarlarining masʼuliyati va tashabbuskorligi, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy salohiyati, mahoratini yanada oshirish, oʻquv dastur hamda darsliklardagi yangiliklar, oʻzgarishlar bilan tizim xodimlarini yaqindan tanishtirish, yangi oʻquv yilidagi muhim va ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida Avgust kengashlari tashkil etiladi.

Joriy yilning 15-16-avgust kunlari Respublika oʻquv-seminari videokonferensiya shaklida oʻtkaziladi. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar hududiy oʻquv-seminarlari 19-20-avgust, tuman (shahar)larda fan yoʻnalishlari boʻyicha shoʻba va yalpi yigʻilishlar 22-24-avgust, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik kengashlar tarzida 27-28-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Respublika oʻquv-seminari dasturi asosida taqdimot, videomaʼruza, tarqatma materiallarni tayyorlanib, 15-avgustga qadar joylarga yetkaziladi. Shuningdek, seminar mashgʻulotlarini oʻtish uchun sohaning tajribali mutaxassislari jalb etiladi.

Поделиться