O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qurolli Kuchlar akademiyasiga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti elchisi tashrif buyurdi

2019-08-08 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida Mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining mamlakatimizdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi, elchi Jon Makgregor bilan uchrashdi.

Tadbirda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, uni jadallashtirish borasida fikrlar almashindi. Uchrashuv davomida Qurolli Kuchlari akademiyasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti o‘rtasida tadbirlar rejasi imzolandi.

Janob elchi Jon Makgregor davraga “Assalomu alaykum”, deya kirib keldi va o‘z nutqini o‘zbek tilida o‘qidi.

– Ikki yilga mo‘ljallangan ushbu loyiha asosan harbiy ta’limga yo‘nalgan, – dedi elchi Jon Makgregor. – Belgilangan muddat ichida o‘zbekistonlik kursantlar xorij tajribasi bilan tanishtirilib boriladi. Joriy yilning oktyabr oyida mintaqaviy xavfsizlikka bag‘ishlangan yirik xalqaro anjuman, dekabrda esa kiberxavfsizlik mavzusida trening mashg‘uloti o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mehmonlar, shuningdek, Qurolli Kuchlari akademiyasi faoliyati, muzeyi bilan tanishdilar.

Поделиться